19/02/2026

2025- yilning  yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan  35,9 ming tonna baliq ovlangan.

2024-yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 3,3 % ga koʻp.

Ovlangan baliqning 24,3 ming tonnasi yoki 67,7 % ulushi fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, koʻrilayotgan davrda dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 1,5 ming tonna, qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 10,1 ming tonna baliq ovlangan.

 

Axborot xizmati