Dastlabki maʻlumotlarga asosan 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Xiva tumanida faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 758,1 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va 2024- yilning yanvar-dekabriga nisbatan fizik hajm indeksi 112,2 % ni tashkil etdi.
Tumanda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 745,5 ming soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 110,0 % ni tashkil qildi.

Axborot xizmati



