13/02/2026

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida jonbozlik koʻrsatib, “Men roʻyxatdan oʻtdim!” shiori ostida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etgan yoshlar Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Ular oʻz faolligi, masʻuliyat hissi va jamoatchilik bilan olib borgan samarali ishlari orqali mazkur muhim tadbirning muvaffaqiyatli oʻtishiga munosib hissa qoʻshdi.

Targʻibot jarayonida yoshlar aholining turli qatlamlari, ayniqsa tengdoshlari orasida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borib, jarayonning mazmun-mohiyatini keng targʻib qildilar. Ushbu faoliyat fuqarolik ongini mustahkamlash, statistik maʻlumotlarning haqqoniy va aniqligini taʻminlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Faol va tashabbuskor yoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz hamda kelgusi ishlarida ularga muvaffaqiyat tilaymiz.

 

Axborot xizmati