09/02/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning targʻibotiga bagʻishlangan navbatdagi seminar tashkil qilindi.

 Tadbirda eʼtibor ikkita muhim  hujjat – Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tanishtirishga qaratildi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan yuqoridagi qonunosti hujjatlarini qabul qilinishi bilan qonunchilik amaliyotiga kiritilayotgan yangiliklar boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati