06/02/2026

2025- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 352,1 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 80,8 % ini tashkil etdi.

Hududlar boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng koʻp ulushi Hazorasp tumanida – 100,0 %, Yangiariq tumanida – 100,0 %, Yangibozor tumanida – 99,4 %, Bogʻot tumanida – 97,1 %, Qoʻshkoʻpir tumanida – 97,0 % va Xiva tumanida – 92,2 % ni tashkil qildi.

Axborot xizmati