30/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining 1-bosqichi doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasidan tasodifiy tanlash (random) usuli orqali aniqlanayotgan sovrindorlarning safi yana bir nafarga ko‘paydi.


 Bugun, 30- yanvar kuni tanlov g‘oliblari orasidan o‘rin olgan viloyatimiz vakili - Shovot tumani “Chig‘atoy” mahalla fuqarolar yig‘ini Ipakchi ko‘chasi 9-xonadonda istiqomat qiluvchi Roximov Mirzabek Sultanovichga zamonaviy planshet qurilmasi va tashakkurnoma topshirildi.

Sovrinlarni viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Tadjimuratov, mahalla mas’ullari taqdim qildilar.

Onlayn ro‘yxatdan o‘ting – qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylaning!

 Axborot xizmati