30/01/2026

Joriy yilning 30-yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga  “Sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ- 1115-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliya samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining VM-7- sonli Qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov shuningdek 2026- yilning yanvar oyida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuni bo‘yicha axborot berdi.

Axborot xizmati