21/01/2026

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining 1-bosqichi amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarimiz census.stat.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Urganch tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan shtab tomonidan ro‘yxatdan o‘tish tadbirining amalga oshirilishi yuzasidan kundalik monitoring yuritilib, jarayonning borishi tahlil qilib borilmoqda, aholidan kelib tushayotgan murojaat, taklif va savollar joyida o‘rganilmoqda va yechimini topmoqda.

Bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Xolmetov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tumanning “Qo‘ng‘irot”, “Ravot”, “Orzu”, “Oq yop” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan statsionar ro‘yxatga olish uchastkalari va u yerda aholini ro‘yxatdan o‘tishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlandiki, ro‘yxatga olish bu shunchaki sanoq emas, balki kelajakni rejalashtirish, ertangi kunimizga daxldor manzilli qarorlar qabul qilishda, resurslardan samarali foydalanish va har bir hudud rivojini rejalashtirishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati