O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bo‘yicha PF–173-son Farmoni ijrosi doirasida viloyatimizdagi korxona va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari ishtirokida joriy yilning 16- yanvar kuni seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Davletov ishtirok etdi. Boshqarma xodimlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma namoyish etilib, jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollarga keng tarzda tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlandiki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda taqdim qilinadigan har bir axborot mamlakatimizda statistik ma’lumotlarning aniqligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Axborot xizmati



