2025- yilning 12 oyida viloyatimiz bo‘yicha 7 277 ta kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
2024- yilning yanvar-dekabr oylari bilan taqqoslaganda, bu ko‘rsatkich 417 taga ko‘pdir.
Sohalar kesimida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni savdo (2 052 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (1 896 ta) va sanoat ( 1 088 ta) sohalarida salmoqli bo‘lgan.

Axborot xizmati



