2026-yilning 5-yanvar kuni Xorazm viloyatining bir qator hududlarida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining mas’ullari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
O‘quv-seminarlari davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.
Ushbu seminarlar ishtirokchilari olgan bilim va ko‘nikmalari asosida o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim tashkilotlaridagi xodimlarga tushuntirishlar berib, ularni ro‘yxatga olish jarayonida to‘liq qatnashishini ta’minlashga mas’ul bo‘ladilar.







Axborot xizmati



