2025- yil yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanida umumiy hajmi 895,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
2024- yilning shu davriga nisbatan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 113,6 % ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra, eng katta hajm transport (318,7 mlrd so‘m), savdo (252,0 mlrd so‘m) va moliyaviy (88,7 mlrd so‘m) xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eng yuqori o‘sish sur’ati me’morchilik va muhandislik ishlanmalari (126,6 %) va aloqa va axborotlashtirish (126,3 %) xizmatlarida qayd etilgan.

Axborot xizmati



