25/12/2025

Mamlakatimizda 2026- yilning yanvar-fevral oylarida aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinishi munosabati bilan viloyatimizdagi idora va tashkilotlarda tadbiroldi targ‘ibot uchrashuvlari, seminarlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 25- dekabr kuni Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida ana shunday o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining mas'ul xodimlari qatnashdilar.

Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishning asosiy tashkiliy bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari, ro‘yxatdan o‘tish savolnomasining tarkibi, amaliy jarayon bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘pgina boshqa berildi. Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma namoyish etildi.

 

 Axborot xizmati