Viloyatimizda joriy yilning 11 oyida xizmatlar eksporti hajmi 36,9 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 9,5 % ini tashkil etdi.
2024- yilning mos davriga nisbatan eksportning 52,2 % ga ko‘payishi kuzatildi.
Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (34,2 %), safarlar (turizm) (26,2 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (22,1 %), moliyaviy xizmatlar (17,2 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (0,3 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati



