2025-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizning xorijiy davlatlardan tovar (xizmatlar) importi hajmi 380,0 mln AQSH dollariga yetdi (2024- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga kamaydi).
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (30,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,8%), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (18,2%), sanoat tovarlari (6,4 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6,3 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati



