Joriy yilning 19-dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘Zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1102-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalar, qo‘llanilish sohalari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.


Axborot xizmati



