17/12/2025

2025- yilning  17- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanov va Tuproqqal’a tumani statistika bo‘limi boshlig‘i  S. Otabayevlar tomonidan  «UzAuto Motors» AJ ning Xorazi viloyati filialida  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mohiyatini tushuntirish, ahamiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish mexanizmi va bosqichlari, xorijiy tajribalar hamda me’yoriy-huquqiy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘qish tartibi va mexanizmlariga bag‘ishlangan videoqo‘llanma namoyish etildi  hamda ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga javob berildi.


Axborot xizmati