16/12/2025

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirini o‘z vaqtida va sifatli tashkil qilish hamda o‘tkazish aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borishga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Shu maqsadda viloyatimizdagi qator korxona va tashkilotlarda targ‘ibot uchrashuvlari, o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, 2025-yilning 13-dekabrida "Urganch-baxmal" MCHJ da ro'yxatga olish tadbiriga bag'ishlangan o'quv-seminari bo'ib o'tdi.
16-dekabr kuni Urganch davlat tibbiyot institutida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiriga bag'ishlangan o'quv-seminari tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan ana shunday tadbirlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlar berilmoqda.

Axborot xizmati