Joriy yilning 16- dekabr kuni RIDV va KIATM Xorazm viloyati hududiy filialida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov muassasa xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi (2021- yil 12- avgust) O‘RQ-707- sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda mehnat jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni hamda uning ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirdi.


Axborot xizmati



