12/12/2025

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizda tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

 Joriy yilning 12- dekabr kuni Urganch davlat pedagogika institutining mas’ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

 O‘quv-seminari davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida, ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.

 Ushbu seminar ishtirokchilari olgan bilim va ko‘nikmalari asosida o‘z jamoasidagi xodimlarga tushuntirishlar berib, ularni ro‘yxatga olish jarayonida to‘liq qatnashishini ta’minlashga mas’ul bo‘ladilar.


Axborot xizmati