12/12/2025

2025- yilning 12-dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznes yuritishni hamda lizensiyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-214-sonli Farmoni tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Farmonning mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Axborot xizmati