Shu kunlarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga rejali va keng qamrovli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatga olish tadbirining o‘z muddatida, to‘liq va samarali tashkil etilishi aholi xonadonlari manzilining axborot tizimida to‘g‘ri va aniq ko‘rsatilishiga bevosita bog‘liqdir.
Shu boisdan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida viloyat statistika boshqarmasi, hududlardagi bo‘lim mutaxassislari mahalla fuqarolar yig‘inlarining ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda har bir xonadonning aniq manzili geolokatsiyasini Census Address platformasiga kiritib bormoqdalar.
Bu jarayon natijasida viloyat bo‘yicha aholi turar joylarining aniq soni va joylashish manziliga doir ma’lumotlarga yanada aniqlik kiritiladi va o‘tkaziladigan katta tadbir oldidan xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.






Axborot xizmati



