17/11/2025

Joriy yilning 17- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1095-sonli Qonuni xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qonunning kuchga kirishi bilan, o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilayotgan qonun hujjatlari xususida tushuncha berib oʻtdi.

Axborot xizmati