2025- yil yanvar - sentabr oylarida viloyat bo‘yicha avtomobil transportida 368,0 mln yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 % ga oshdi.
Hududlar kesimida tashilgan yo‘lovchi soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni Urganch shahri (73,8 mln kishi) egalladi.
Shuningdek, eng yuqori ko‘rsatkichlar:
Xonqa tumanida – 33,9 mln
Gurlan tumanida – 32,8 mln
Urganch tumani – 31,6 mln
Hazorasp tumanida - 31,5 mln
Shovot tumanida – 31,3 mln
Xiva tumani – 30,4 mln yo‘lovchini tashkil qildi.

Axborot xizmati



