2025- yilning yanvar- sentabrida viloyatimizda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 242,6 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 79,5 % ini tashkil etdi.
2024- yilning tegishli davri bilan solishtirilganda eksport hajmi 58,8 mln dollarga ko‘paygan.
2021-2025- yillar (yanvar-sentabr) kesimida eksport hajmining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:
2021- yilda – 88,1 mln dollar
2022- yilda – 114,0 mln dollar
2023- yilda – 143,6 mln dollar
2024- yilda – 183,8 mln dollar
2025- yilda – 242,6 mln dollar.

Axborot xizmati



