2025- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangiariq tumanida 650,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2024- yilning tegishli davriga nisbatan xizmatlar hajmining 12,4 % ga oshgani kuzatildi.
Tumanda eng yuqori ulush transport (29,0 %), savdo (24,2 %), moliyaviy (15,1 %), aloqa va axborotlashtirish (6,7 %) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tumanda xizmatlar umumiy hajmining 504,4 mlrd so‘mi yoki 77,5 % i kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatildi.

Axborot xizmati



