13/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 Joriy yilning 13- noyabr kuni viloyatimizning barcha hududlarida mahallaning ijtimoiy xodimlari ishtirokida ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi.

Axborot xizmati