O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu kunlarda viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirni o‘tkazish davomida haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan “mahalla yettiligi” zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan.
Shu asosda joriy yilning 1- noyabridan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida tizim xodimlari ishtirokida amaliy o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.
Bugun viloyatimizning barcha hududlarida mahallalarda faoliyat olib borayotgan soliq xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.
Seminar davomida viloyat statistika boshqarmasining mas’ullari tomonidan ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bundan axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.









Axborot xizmati



