10/11/2025

Joriy yilning 7- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-201- sonli Prezident Farmoni xususida ma’lumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu Farmonga asosan  “maqsad-harakat-natija” zanjiri asosida strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga oladigan yangicha strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining joriy etilishi mexanizmlari bo‘yicha tushuncha berib o‘tdi.

Axborot xizmati