07/11/2025

2025- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 242,6 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 79,5 % ini tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Hazorasp tumanida – 100,0 %, Yangiariq tumanida – 100,0 %, Yangibozor tumanida – 99,4 %, Qo'shko'pir tumanida – 97,2 %, Bog'ot tumanida – 96,2 % va Xiva tumanida – 94,8 % ni tashkil qildi.

Axborot xizmati