06/11/2025

2025-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5 634,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmining 23,2 % ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning jami sanoat mahsulotlaridagi eng yuqori ulushi Gurlan tumani (61,2 %), Shovot tumani (57,4 %), Xiva shahri (56,5 %), Qo‘shko‘pir tumani (46,8 %) va Urganch tumani (40,7 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati