03/11/2025

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar- sentabr oylarida viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi  24 352,2 mlrd soʻmni tashkil qildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,9 % ga o‘sdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining tarkibida:

dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi  – 23 774,0 mlrd soʻmni,

oʻrmon xoʻjaligi – 196,7 mlrd soʻmni,

baliqchilik xoʻjaligi – 381,5 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Axborot xizmati