Joriy yilning 31-oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
 Seminarda ishtirokchilarga Prezidentning “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi joriy yil 22-oktabrida imzolangan PF-189-son farmoni haqida maʻlumot berildi.
 Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini tanishtirish bilan birgalikda oktabr oyida mamlakatimiz qonunchiligida yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy normalar bo‘yicha axborot berdi.


Axborot xizmati



