Viloyatimiz bo‘yicha 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga 11,1 trln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 178,5 % ni tashkil qildi.
Ushbu turdagi investitsiyalar tarkibida:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 4,5 trln so‘mni,
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 1,2 trln so‘mni,
kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlar – 6,4 trln so‘mni tashkil etdi.
 
Axborot xizmati



