24/10/2025

Joriy yilning 24- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga  mamlakatimiz Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-288- sonli (2025- yil 19- sentabrdagi) qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlar, xususan, respublikamizda BMT ning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilinishi, ularning  ushbu yo‘nalishdagi loyihalariga grant ajratilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot Мarkazini tashkil etilishi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Axborot xizmati