Ma’lumki, 2026- yilning 15- yanvaridan 28- fevraligacha mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi”ni jalb qilish belgilangan.
Joriy yilning 20- oktabridan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi mahalla mas’ullari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish, shuningdek, aholiga to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
Mazkur tadbirlar ro‘yxatga olish jarayonining sifatli, xatolarsiz va samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi bilan birga, xodimlarning malakasini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, jarayon davomida “mahalla yettiligi” bevosita mahallalarga chiqqan holda, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llaydilar, yuzaga keladigan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirish va ko‘rsatmalar beriladi.
Axborot xizmati