08/10/2025

2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 252,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi.

 

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, eksport hajmi 3,4 % ga ko‘paydi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 92,3 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (61,1 %), sanoat tovarlari (22,4 %) va turli xil tayyor buyumlar (5,4 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Axborot xizmati