2025-yilning 19-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bogʻliq holatlarning oldini olish va bu yoʻnalishda mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Xususan, seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajanov Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda Xorazm viloyat statistika boshqarmasining 2025-yil 4-yanvarda tasdiqlangan “2025-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbir rejasi” ijrosi yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Axborot xizmati