Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 mln dona qorakoʻl teri olingan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 % ga oshgan.
Olingan qorakoʻl terining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga (40,9 %) toʻgʻri keldi.
Hududlar kesimida olingan qorakoʻl teri hajmi:
 
 Buxoro viloyati – 415,6 ming dona 
 
 Navoiy viloyati – 298,6 ming dona 
 
 Qashqadaryo viloyati – 180,7 ming dona
 
 Qoraqalpogʻiston Resp. – 77,4 ming dona 
 
 Samarqand viloyati – 23,3 ming dona 
 
 Surxondaryo viloyati – 9,5 ming dona 
 
 Xorazm viloyati – 6,2 ming dona
 
 Jizzax viloyati – 3,5 ming dona
 
Matbuot xizmati



