03/09/2025

2025- yilning  yanvar-iyun oylarida Bogʻot  tumanida  asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 314,4 mlrd soʻmni tashkil etib, shundan 304,9  mlrd soʻmi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan kiritilgan.

 

Markazlashmagan investitsiyalar  tarkibida:

 

korxonalarning oʻz  mablagʻlari  - 22,0 mlrd soʻmni,

aholi mablagʻlari – 88,3 mlrd soʻmni,

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar – 167,9 mlrd soʻmni,

bank kreditlari – 26,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

 

 Axborot xizmati