28/08/2025

2025- yilning  yanvar-iyul oyi yakunlariga koʻra, Tuproqqalʼa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 198,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,1 % darajada qayd etilgan.

Bu viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichidir.

Tumanda aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 3 255,3 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

 

 Axborot xizmati