2025-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi 18,4 trln soʻmni tashkil qildi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib, 17,7 trln soʻmni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (96,4 %) ni tashkil etdi.
Shuningdek, koʻrilayotgan davrda:
togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda - 1,8 mlrd soʻm (0,01 %),
elektr gaz bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalashda - 535,4 mlrd soʻm (3,0 %),
suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilishda - 129,4 mlrd soʻmlik (0,7 %) mahsulot ishlab chiqarildi.
Axborot xizmati