Joriy yilning 22-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq boʻlimlarining boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi (2024- yil 5- iyundagi OʻRQ-931- sonli) qonuni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-21son farmoni (2025-yil 21-aprel) boʻyicha maʻlumot berdi.
Axborot xizmati