2025- yilning 1- iyul holatiga Qoʻshkoʻpir tumanining doimiy aholisi soni 186,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 % ga oshgan.
Shundan:
- erkaklar – 93,9 ming kishini
- ayollar – 92,3 ming kishini tashkil qilgan.
Hududda joriy yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan asosiy demografik koʻrsatkichlar:
tugʻilishlar soni – 1 354 ta
nikohlar – 714 ta
ajralishlar – 85 ta
koʻchib kelganlar – 267 kishi
koʻchib ketganlar – 451 kishi.
Axborot xizmati