Joriy yilning 20-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Xorazm viloyatini 2025- yilning 1-yarim yilligi boʻyicha asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlili ” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida Statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar taqdim etildi.
Viloyatning joriy yil 6 oyidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, xususan yalpi hududiy mahsulotni shakllantirish tartibi, aholi daromadlari, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida mahsulot yetishtirish, tashqi savdo tovar aylanmasi, xizmatlar va ichki savdo koʻrsatkichlari boʻyicha boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Xakimboy Egamov axborot berdi.
Matbuot anjumanida boshqarma rahbariyati, tarmoq boʻlim boshliqlari, viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Axborot xizmati