Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-avgust holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 16 609 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 4 094 tasi qoʻshma va 12 515 tasi xorijiy korxonalardir.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 16,4 foizga oshgan.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni davlatlar kesimida quyidagicha:
Xitoy – 4 250 ta
Rossiya – 3 093 ta
Turkiya – 1 982 ta
Qozogʻiston – 1 149 ta
Janubiy Koreya – 671 ta
Afgʻoniston – 622 ta
BAA – 369 ta
Hindiston – 332 ta
AQSH – 322 ta.
Matbuot xizmati