08/08/2025

Joriy yilning 8-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisi”gi PF-117-sonli farmonining asosiy mazmun-mohiyatini tushuntirib, ushbu normativ hujjatlarning ijrosi yuzasidan boshqarma hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar bilan tanishtirib oʻtdi.

 

Axborot xizmati