04/08/2025

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Yangibozor tumanida 2025-yilning 6 oyida  902,0 mlrd soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 104,3 % ni tashkil qilgan.

Xususan, koʻrilayotgan davrda tumanda 261,0 mlrd soʻmlik dehqonchilik, 641,0 mlrd soʻmlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 

Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 73,8 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 24,1 % i fermer xoʻjaliklari, 2,1 % i qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati