01/08/2025

Joriy yilning 1-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda ishtirokchilar “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekchiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-1075 sonli Qonuni (2025-yil 10-iyunda qabul qilingan),

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish toʻgʻrisida” gi 440-son qarorining asosiy mohiyati bilan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov joriy yilning iyul oyida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, qabul qilingan qonunosti hujjatlari ham tanishtirib oʻtdi.

 

Axborot xizmati