01/08/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-sonli  “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondoshuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida  joriy yilning 1-avgustidan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati statistika boshqarmasida sport targʻibotchisi B.Tillayev boshchiligida badan tarbiya mashgʻuloti tashkil qilindi.

Mashgʻulotda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Axborot xizmati